Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Boshqaruv organi Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi majburiy badallarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi. Toshkentda ular binoning maydoni va qavatlar soniga qarab 1 kv metr uchun 1147 so‘mdan 1829 so‘mgacha bo‘ladi. Uy boshqaruvi kompaniyalari ko‘rsatishi shart bo‘lgan minimal ishlar va xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.
2024-yildan O‘zbekistonda notariuslar kvartiralar bilan tuzilgan bitimlarni mulkdorning uy-joyni saqlash uchun majburiy badal yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlaydi.
Navoiy shahrida ko‘p qavatli uyni saqlash bo‘yicha majburiy badal va to‘lovlardan qarzdorlik uchun kvartiralarni elektr energiyasidan uzib qo‘yish tajribasi joriy etiladi. Sinov butun O‘zbekiston bo‘ylab olib boriladimi-yo‘qmi, bu bo‘yicha ma’lumot keltirilmagan.
Hokimiyatlarga 2024 yil 1 yanvarga qadar ko‘p kvartirali turar-joy binolari va unga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida uy egalariga notijorat maqsadlarda foydalanishga topshirish vazifasi yuklatildi.
Senatorlar «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq kodeksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvchi tashkilotlar va uy-joy boshqaruvchilari uchun soliq imtiyozlarini o‘z ichiga oladi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ko‘p kvartirali uylardan foydalanish va ularni boshqarish qoidalarini buzish sohasidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar ro‘yxati to‘liq bo‘lmasligi mumkin — qonun matni e’lon qilinganicha yo‘q.
Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Yerto‘ladad do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish mumkin. Yerto‘lalar faqat kvartira egalarining roziligi bilan ajratiladi.
O‘zbekistonning 15 ta hududidagi 1227 ta ko‘p qavatli uy, shu jumladan, Toshkentning Yunusobod tumanidagi ikkita mavzeda joylashgan uylar boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi. Ular ochiq tanlov orqali tanlanadi. Hujjatning ayrim bandlari Uy-joy kodeksiga va «Ko‘p qavatli uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi qonunga zid bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting